Bosh vazir emlangan vaksinadan 1 million doza olib kelindi
Jamiyat
−
05 avgust 2021
7288Bugun, 5 avgust kuni Xitoydan O‘zbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan 1 million doza olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
- 21 iyulda 1 million doza;
- 27 martda — 1 million doza;
- 27 aprelda — 1 million doza;
- 18 mayda — 1 million doza;
- 19 mayda — 500 ming doza;
- 10 iyunda — 1 million doza;
- 29 iyunda — 1 million doza;
- 30 iyunda — 1 million doza;
- 20 iyulda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 13 million 580 ming 60 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi “Sputnik V”,
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 9,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham boshqa yuqori martabali amaldorlar kabi ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan birinchilardan bo‘lib emlangan.
LiveBarchasi