Bosh vazir boshchiligida Hukumat ishchi guruhi tuzildi
Jamiyat
−
07 dekabr 2022
16466Prezident topshirig‘iga asosan, Bosh vazir boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya muammolarini tezkor o‘rganish va hal qilib borish Hukumat ishchi guruhi tuziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ishchi guruh:
- respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rib borish;
- elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga yetkazib berish zaruriyatini e’tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qat’iy nazorat qilish;
- elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ta’minlash ishlarini jadallashtirish;
- ijtimoiy ob’ektlar, jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan zarur mablag‘lar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
- energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatiladi.
LiveBarchasi