Bosh prokuror o‘rinbosari raisligida yangi shtablar tuziladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qurilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Unga ko‘ra, Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika shtabi va viloyat shtablari tuziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi. 

Qayd etilishicha, tashkil etilajak shtablar qurilish narxlarini asossiz oshirish, raqobatni buzish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.

"Qurilish sohasiga sarflangan har bir so‘m egasigacha to‘liq yetib borishi zarur", deydi Prezident.

Prezident uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi. Bular:

•    ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bo‘lsada, kelgusi yilda atigi 464 ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan; 

•    bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun qiymati 255 milliard so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi;

•    ipoteka uchun byudjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyadan 220 milliard so‘mi ishlatilgan, xolos. Respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi;

•    aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta me’yordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti;

•    uy-joy quriladigan massivlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsada, yer uchastkalari o‘z vaqtida auksionga chiqarilmagani bois, Toshkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilishi boshlanmagan;

•    viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing