Bosh prokuror qamoqdan chiqdi, vazir esa uy qamog‘iga o‘tkazildi

Olam

image

Qirg‘iziston Bosh prokurori Qurmanqul Zulushev vaqtinchalik ishdan chetlatilganidan so‘ng, yana o‘z lavozimiga tiklandi. Tegishli farmonni bugun, 16 iyun kuni davlat rahbari Sadir Japarov imzoladi. 

“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov farmonni imzoladi, unga ko‘ra, joriy yilning 16 iyunidan boshlab Bosh prokuror Zulushev o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishdi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati tarqatgan xabarda. 

Japarovning yangi qaroriga ko‘ra, uning 3 iyundagi Zulushevni nazorat organi rahbari lavozimidan vaqtincha chetlashtirish haqidagi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. 

Eslatib o‘tamiz, u 4 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi munosabati bilan vaqtincha lavozimidan chetlashtirilgan edi. 

Sadir Japarov matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi har bir shaxsning aybsizlik prezumpsiyasi konstitutsiyaviy prinsipini inobatga olgan holda har tomonlama va adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida jinoyat sodir etishda uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanguniga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanmagunga qadar, shuningdek ishlarning holatlarini tekshirishning har tomonlama, to‘liq va xolislik prinsipi bilan belgilanadi. Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari va Bosh prokuror o‘rtasida o‘rnatilgan shaxsiy munosabatlarni inobatga olgan holda, ikkalasi ham tergov davrida egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirildi. 

Shuningdek, bugun, 16 iyun kuni Bishkek shahar sudi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirdi. U uy qamog‘iga qo‘yib yuborilgan. 

Ma’lumot uchun, Bosh prokuratura Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga nisbatan yettita jinoiy ish qo‘zg‘atgan. “Korrupsiya” moddasi bo‘yicha 1, pora olish 2 ta, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va qasddan foyda keltirmaydigan shartnoma tuzish moddalari bo‘yicha to‘rtta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Sotib olishdagi korrupsiya ishi doirasida boshqarma boshlig‘idan tashqari vazir o‘rinbosari Uluk-Bek Bekturganov, Respublika immunoprofilaktika markazi direktori Gulbara Ishenapisova va Dori vositalari va tibbiyot buyumlari boshqarmasi boshlig‘i Sulton Satarbekovlar qo‘lga olindi.  

Prezident Alimqodir Beyshenaliyev ishi bo‘yicha komissiya ham tuzdi. Biroq Prezident ma’muriyati uning tarkibi va unga kim rahbarlik qilishini aytishdan bosh tortdi. Komissiya o‘z ishini 10 iyun kuni yakunladi, ammo natijalar hali noma’lum – ular yashirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing