Kanaldan jasadi topilgan o‘quvchi haqida bayonot berildi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
7281Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qashqadaryoda 15 yoshli o‘quvchining jasadi kanaldan topildi” mavzuidagi xabarlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 19 oktyabr kuni Qarshi tumani, “Xoniyon” mahallasi, Yuksalish ko‘chasida yashagan voyaga yetmagan Raxim A. (2004 y.t., 7- maktab o‘quvchisi) “Qarshi Bosh kanali”ning “Dasht” qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismidagi ko‘prikdan suvga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan ishga aloqador 7- umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda o‘quvchilardan tushuntirishlar olingan.
Aniqlanishicha, o‘quvchi Rahim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilgani sababli sinf rahbari tomonidan uning onasi maktabga chaqirtirilgan.
Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh berganidan so‘ng, Rahim A. maktabdan yugurib chiqib ketib, kanal tomonga ketgani, sinfdoshlari esa uning orqasidan borgani va Raxim A.ni uzoqdan o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rgan.
Shu kuni voyaga yetmagan Rahim A.ni hech kim urib haqorat qilmagani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
LiveBarchasi