Bortida migrantlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 26 fevral kuni Italiya janubidagi Krotone shahri yaqinida bortida migrantlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Bu haqda “Il Messaggero” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bundan besh kun oldin Turkiyadan 200 dan ortiq yo‘lovchi bilan yo‘lga chiqqan 20 metr uzunlikdagi kema toshli riflar bilan to‘qnashib, parchalanib ketgan. Avariya oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan. Qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirgan Italiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati bortda 120 ga yaqin muhojir bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytgan.

Omon qolganlarning aytishicha, kemada Afg‘oniston, Eron va Pokistondan bo‘lgan 250 kishi bo‘lgan.

Italiya hukumati vertolyot va politsiya samolyotlari, o‘t o‘chiruvchilar otryadlari, qirg‘oq xavfsizligi hamda chegara politsiyasi kemalari ishtirokida qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda. Omon qolganlarni qidirishga mahalliy baliqchilar ham qo‘shilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing