Bortida 100 dan ortiq qochqin bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Olam

image

Bortida 100 nafardan ziyod qochqin roxinja bo‘lgan va Malayziyaga yo‘l olgan kema Bangladesh qirg‘oqlarida cho‘kib ketdi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dhaka Tribune” nashri xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 11 fevral tongida yuz bergan. Kema Bengal ko‘rfazidagi Muqaddas Martin oroli sohillari yaqinida halokatga uchragan. 

Sohil nazorati vakilining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar suvdan 65 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki 50 kishi izsiz yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Roxinjalar – Myanmadagi Rakxayn shtatida istiqomat qiluvchi etnik bengallar bo‘lib, u yerga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Britaniya mustamlakachilari tomonidan ko‘chirib kelingan. Roxinjalarning aksariyati Rakxaynda 100 yildan oshiq yashayotganlariga qaramay Myanma fuqaroligiga ega emas. Shu sabab ular hozirgacha mamlakatda noqonuniy muhojirlar hisoblanishadi.

Ularning Myanmadan chiqib ketish jarayoni 2012 yildan – Rakxaynning tub aholisi bo‘lmish “arakans”lar bilan diniy-etnik to‘qnashuvlardan buyon davom etmoqda. 2015 yilda 25 mingdan ortiq roxinja Tailand, Malayziya va Indoneziyaga dengiz yo‘li orqali qochib borishga uringan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing