“Boriga baraka” shousi ishtirokchisi “Oq-Tepa Sohil bo‘yi”dan ikki xonalik uy yutib oldi

Biznes

image

“Zo'r TV” telekanalining eng ommabop teleshoularidan biri bo‘lgan “Boriga Baraka” ko‘rsatuvining joriy yil 29 iyun kuni efirga uzatilgan 72-sonida 1962 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan Husan Ismoilovich Xazirov Toshkentdan yangi uy yutib oldi.

1 iyul kuni g‘olib Husan Ismoilovich Xazirov va uning oilasi a’zolariga poytaxt Toshkentning eng so‘lim go‘shasida barpo etilayotgan “Oq-Tepa Sohil Bo‘yi” uylaridan 60 kv maydonga ega 2 xonalik xonadonning kalitini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xonadon o‘z sohibiga zamonaviy ta’miri bilan tayyor holatda taqdim etildi.

Yangi uyning kalitlarini topshirish marosimida  “Zo'r TV” telekanali “Boriga Baraka” ko‘rsatuvi ijodkorlari, “Oq-Tepa Sohil Bo‘yi” uylari ma’muriyati va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yangi turar-joy majmuasi Toshkent shahar, Chilonzor tumanining shimoli-g‘arbida Oqtepa kanali bo‘yidagi 5,6 gektar maydonda joylashgan. Qadimdan to hozirgacha bu maskan yashash uchun qulay hudud hisoblanadi. Tez orada turar-joy majmuasi farovon hayot, rivojlanish va orom olish uchun zamonaviy shahar hududining haqiqiy timsoliga aylanadi.

“Oq-Tepa Sohil Bo‘yi”  turar-joy majmuasi taklif qilayotgan xonadonlarning eng afzal tomoni shundaki, barcha kvartiralar yashash uchun tayyor holatda sotuvga chiqariladi. Siz uyni olgandan keyin ortiqcha harakat va xarajatsiz bu uyda yashashingiz mumkin.

Hudud infratuzilmasining rivojlangani qulay turmush uchun imkoniyat yaratadi.

Turar-joy majmuasi yaqinida quyidagilar mavjud:

  • 5 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
  • 15 ta bolalar bog‘chasi;
  • 7 ta dorixona
  • oilaviy poliklinika
  • 3 ta yirik shifoxona


Bundan tashqari, turar-joy majmuasi odamlar gavjum tumanda joylashgani sabab har ikki qadamda oziq-ovqat do‘konlari, kafe va supermarketlarni uchratish mumkin.

“Oq-Tepa Sohil Bo‘yi” – bu serharakat, shovqinli shahar hayotidan toliqqanlarga tinch va osuda hayot kechirishlari uchun mukammal joydir.

“Boriga baraka” ko‘rsatuvi g‘olibi Husan Ismoilovich Xazirov ham endi o‘z oila a’zolari bilan birga “Oq-Tepa Sohil Bo‘yi”ning shinam uylarida ko‘p yillar umr kechiradi. Siz esa Husan akaga qo‘shni bo‘ling va tayyor ta’mirlangan uylar sohibiga aylaning!

Sotuv ofisining manzili: Chilonzor tumani, Bog‘iston ko‘chasi 111-A uy

Mo‘ljal: Oqtepa maydoni

Sotuv ofisining ish tartibi: soat 9:00 dan 19:00 gacha, dam olish kunlarisiz

Telefon: +99871 210-55-55

Kanal: http://www.oqtepa.uz

Telegram:t.me/oqtepa_uz

Instagram:www.instagram.com/oqtepa.uz

Facebook :http://www.facebook.com/oqtepa.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing