Boltiqbo‘yida ham Yangi yil tantanalarini bekor qilish boshlandi
Olam
−
15 noyabr 2020
4666Bu yil Latviyada ommaviy yangi yil tantanalari koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tkazilmaydi. Bu haqda Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Ilze Vinkele ma’lum qilgan.
"Bu yil Rojdestvo va Yangi yil oilaviy davrada, tinchgina nishonlanadi", degan Vinkele.
Latviyada 9 noyabrdan 6 dekabrgacha favqulodda holat joriy qilingan.
Mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga, ko‘ngil ochish va dam olish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishiga, shuningdek, umumiy ovqatlanish joylari va savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar joriy etilgan.
Avvalroq, Rossiya poytaxti Moskvada yangi yil korporativ bayramlarida mehmonlar soni 50 kishidan oshmasligi, shuningdek, hamma niqob va qo‘lqopda bo‘lishi shart qilib qo‘yilgani haqida xabar bergandik
Ma’lumot uchun, Latviyada koronavirusga chalinganlar soni 10 ming 231 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda 121 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi