Bollivud yulduzi Katrina Kaif koronavirusga chalindi

Madaniyat-san’at 8492
image

Bollivudning taniqli aktrisasi Katrina Kaifning COVID-19 ga topshirgan testi ijobiy chiqdi.  Aktrisa ayni vaqtda uy karantiniga olingan.

Katrina Kayf – COVID-19 aniqlangan Bollivudning eng mashhur yulduzi.  Aktrisa o‘zining  Instagram’dagi sahifasida virusni yuqtirganini tasdiqladi. Shuningdek, u hozirda o‘zini izolyatsiya qilgani va uy karantinida bo‘lishini aytgan.

“COVID-19  sinoviga topshirgan testim ijobiy chiqdi. Shu sabab darhol o‘zimni izolyatsiya qildim. Endi uyda shifokorlar nazoratidaman.  Men bilan aloqada bo‘lganlarning barchasini darhol sinovdan o‘tishini iltimos qilaman”, deydi Katrina Kaif.

Katrinaning sog‘ligi haqidagi yangiliklar Mumbayda COVID-19 kasalligi ko‘paygan bir paytda paydo bo‘ldi. So‘nggi paytlarda bir nechta Bollivud yulduzlari kasallikka chalingan. Ular orasida Bhumi Pednekar, Kartik Aaryan, Akshay Kumar, Govinda, Paresh Raval, Alia Bxatt, Ranbir Kapur va Rohit Saraflar ham bor.

 

Yulduz Abdurashidova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 219
Reyting: 3
t
×