Bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi – mutaxassis “tonirovka” haqida

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bola oynasi qoraytirilgan mashina ichida yursa atrofni turli xil rangda ko‘ra olmaydi va bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu fikrlarni “Mahalla” telekanalidagi ko‘rsatuvda avtomaktab o‘qituvchisi Orifjon Nazarov aytib o‘tgan. 

“Oddiy haydovchi sifatida aytmoqchiman, biz bolalarimizni har kuni bog‘chaga yoki maktabga olib boramiz. Agarda bola oynasi qop-qora mashinani ichida o‘tirsa, bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bola atrofini uning bor ranglari bilan ko‘rgani ma’qul”, deydi avtomaktab o‘qituvchisi. 

Aytish joizki, har yili O‘zbekistonda kunlar isishi bilan "tonirovka" masalasi kun tartibiga ko‘tariladi. Bu yil ham shunday bo‘ldi. Xususan, joriy oy boshida “Mening fikrim” portaliga O‘zbekistonda transport vositalari oynalarini qoraytirish uchun belgilangan to‘lovni bekor etish yoki kamaytirish haqidagi jamoaviy murojaat joylandi.  

Unda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritib, tonirovka uchun narxlarni quyidagicha belgilash so‘ralgan:

•  orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning yarim baravari hamda xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning 2 baravari miqdorida;

•  orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun BHMning 2 baravari hamda xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun BHMning 10 baravari miqdorida;

•  M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirish BHMning 10 baravari miqdorida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

584

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing