Bolalarni bog‘chaga joylash uchun elektron ariza berish to‘xtatildi
Jamiyat
−
17 yanvar 2022
8365O‘zbekistonda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylash uchun elektron ariza berish 1 fevralga qadar to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar qildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun elektron ariza yuborish va navbatni bilish tizimi – EMIS dasturi serverda vaqtinchalik profilaktik ishlarini olib borish uchun 2022 yil 17 yanvardan 1 fevralga qadar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
EMIS dasturi 2022 yil 2 fevral kunidan to‘liq o‘z faoliyatini tiklaydi.
LiveBarchasi