Bolalar va homiladorlarga 7 turdagi vitaminlar bepul beriladi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
797015 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homiladorlar 7 turdagi vitaminlar kompleksi bilan bepul ta’minlanadi. Bu haqda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilandi.
Dasturga ko‘ra, onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir ustuvor vazifalar ijrosi doirasida:
- 46 ta tumanlararo perinatal markaz tashkil etiladi;
- ushbu muassasalar kadrlar, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili boshlangan amaliyot davom ettirilib, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homiladorlar 7 turdagi vitaminlar kompleksi bilan bepul ta’minlanadi.
Jumladan:
- 10 yoshgacha bolalar ichak parazitlariga qarshi preparatlar;
- 2 yoshgacha bolalar vitaminlarga boy qo‘shimchalar;
- 15 yoshgacha bolalar, homilador va emizikli ayollar yod preparati bilan ta’minlanadi;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar infeksion kasalliklarga qarshi 13 turdagi vaksinalar bilan emlanadi.
LiveBarchasi