Bolalar uchun “aqlli kolyaska” yaratildi

Texnologiya

image

Kanadadagi “Gluxkind” bolalar mahsulotlari startapining 2023 yilgi ko‘rgazmasida sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan, o‘zini-o‘zi boshqaradigan “Ella” bolalar aravachasi taqdim etildi. Bu haqda “24gadget” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Ella” bolalar aravachasining funksiyalari qulaylikni ta’minlashga yordam beradi. U ota-onalarni aravachani doimiy ravishda surish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan qutqaradi. Shuningdek, unda “Rock my baby” ilovasi ham mavjud bo‘lib, bu ilova orqali ota-onalar uyda yoki ko‘chada biror ish bilan to‘xtaganlarida ham “Ella” chaqaloqni bir maylda tebratishni davom ettiradi.

Shuningdek, aravacha tepaga yurish uchun ikkita motorli, tushishda avtomatik tormozlashga yordam beruvchi tizimlar bilan jihozlangan. Unga o‘rnatilgan sensorlar, videokameralar va trotuarlar navigatsiya tizimi atrofdagi ob’ektlar va to‘siqlarni aniqlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, aravachaning o‘ziga xos jihati shundaki, ota-ona farzandini qo‘lida ko‘tarmoqchi bo‘lsa, “Ella” yo‘l chetiga o‘tib to‘xtaydi. Shuningdek, qurilma avtomatik tebranish va oq shovqin generatorini ham taklif qilishi mumkin, bu esa bolaning dam olishi va sog‘lom uxlashiga yordam beradi.

“Ella – o‘z turidagi birinchi aqlli aravacha. Unga buvimning nomini qo‘yganman. Biz aravacha ota-onalar ishona oladigan ovozsiz dastyor bo‘lishini istaymiz. U bolalarga ham, ota-onalarga ham g‘amxo‘rlik qiladi va ota-onalarga eng kerak bo‘lganda dam olish imkonini beradi”, deydi “Gluxkind” asoschisi Anne Hunger.

Ma’lumot uchun, “Ella” bolalar aravachasining narxi 3300 dollar bo‘lib, 2023 yil aprel oyidan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing