Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa qayta hisoblanadi

Jamiyat

image

Eng kam ish haqi (EKIH) bekor qilinganligi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish davom etmoqda. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Dekabr oyining boshlarida 50 dan ortiq qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritilgan edi. Hozir Prezidentning 90 ta qaroriga (farmonlar va qarorlar) tuzatish kiritilmoqda.

Natijada qanday koeffitsiyentlar o‘zgartirilganini ko‘rib chiqamiz (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 634 880 so‘mni tashkil etadi):

a) 1994 yil 1 sentyabrdan boshlab to‘lanayotgan bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqalar – 70,3 foiz MHEKM (ilgari – EKIHning 2 baravari);

b) 2018 yil 1 yanvardan boshlab har oyda to‘lanadigan gonorarlar:

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari hamda sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolariga – 4,22 MHEKM (ilgari – EKIHning 12 baravari);

sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining muxbir a’zolariga – 2,81 MHEKM (ilgari – EKIHning 8 baravari);

v) ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar naqd pulda to‘lanishi uchun moddiy-mas’ul shaxs (kassir) funksiyasini amalda bajarishda umumta’lim maktablarining ma’muriy-xo‘jalik qismi bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudirining lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha to‘lovlar – MHEKMning 35,2 foizi (ilgari – EKIHning 1 baravari); 

g) 2008 yil 1 sentyabrdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga quyidagilar uchun to‘lanayotgan oshirilgan qo‘shimcha to‘lovlar:

guruhga rahbarlik qilish – MHEKMning 35,2 foizi (ilgari – EKIHning 100 foizi);

yozma ishlarni tekshirish – MHEKMning o‘rtacha 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi);

o‘quv va laboratoriya xonalariga mudirlik qilish – MHEKMning 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi).
 
d) informatika xonasiga mudirlik qilgan umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga ustama haq – MHEKMning 17,6 foizi (ilgari – EKIHning 50 foizi);

ye) 2018 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolariga to‘lanayotgan, JSHDS solinmaydigan har oylik gonorarlar – 1,41 MHEKM (ilgari – EKIHning 4 baravari);

j) 2018 yil 1 apreldan Geologiya davlat qo‘mitasi xodimlarining ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlarni hisoblash uchun belgilangan cheklangan summa – 2,11 MHEKM (ilgari – EKIHning 6 baravari);

z) davlat organlarining rahbarlari va xodimlariga davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun chorak yakunlari bo‘yicha mukofotlar – 3,52 MHEKM (ilgari – EKIHning 10 baravari);

i) 2019 yil 1 maydan sud boshqaruvchilariga har bir yakunlangan tugatish ishi yurituvi uchun to‘lanadigan mukofotlar – 7,03 MHEKM (ilgari – EKIHning 20 baravari).

Shuningdek 2019 yil 1 yanvardan prokuratura organlari xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va Kotibiyat xodimlari uchun belgilangan mehnat haqining yangi razryadlari, shuningdek 2018 yil 1 yanvardan joriy etilgan mualliflik haqi bo‘yicha minimal stavkalar tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

EKIH MHEKM

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar