“Bola huquqlari” sayti ishga tushirildi

Jamiyat

image

Adliya vazirligi tomonidan “Bola huquqlari” sayti yaratildi. 

1 июнь – Xalqaro bolalarни himoya qilish kuni munosabati bilan saytning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bolajonlarga atalgan yangi sayt yosh avlodning huquqiy bilimini oshirish, bolalarда kichik yoshdanoq qonunga hurmat ruhini tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan.

"Bola huquqlari" sayti "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yaratildi. Sayt mazmuni ikki turdagi auditoriyaga mo‘ljallangan: 14 yoshgacha бўлган bolalarga va ota-onalarga. “Bola huquqlari” odatdagi huquqiy saytlardan farqli ravishda sodda va tushunarli tili hamda yorqin ifoda uslubi bilan ajralib turadi. Matnlar bolalarning yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan. Mazmunni ochib berishda infografika, obrazlar va тасвирий vositalardan unumli foydalanilgan. Yorqin va e’tiborни tortuvchi ranglar, rasmlar va suratlar orqali bolalar uchun qiziqarli dizayn yaratilgan", deydi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva.

Bolalarga mo‘ljallangan kontent qismi elementar tartib-qoidalarni o‘rgatishdan tortib maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, salomatlik, yo‘l harakati qoidalari, odob-axloq qoidalari, tabiatni muhofaza qilish, Konstitutsiya, bola huquqiga oid konvensiya va boshqa ҳужжатлар haqida ma’lumot berishgacha бўлган turli mazmundagi materiallardan tashkil topgan.

Ota-onalar uchun esa burch va majburiyatlar, farzand asrab olish, turli hayotiy vaziyatlarda ota-onalik majburiyatlarini bajarish va huquqlaridan foydalanish kabi muhim masalalarga oid huquqiy maslahatlar berilgan.

Sayt faqat nazariy ma’lumotlardan iborat emas. Bolalarning huquqiy bilimlarni ko‘ngilochar-interaktiv o‘yinlar, mantiqiy masalalar, testlar yordamida o‘zlashtirishiga katta e’tibor qaratilgan. Saytning maxsus “Huquqiy oʻyinlar” bo‘limida bolajonlar virtual olamda vaqtlarini qiziqarli va фойдали o‘tkazishiga imkon yaratilgan.

Bolalarga huquqiy bilimlarni egallashga rag‘bat uyg‘otish masalasi ham e’tiborдан chetda qolmagan. Buning uchun saytda bolalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan hamda ularning bilimini baholab boruvchi o‘yinlar, topshiriqlar asosidagi reyting tizimi ishlab chiqilgan.

Saytning “Sizning lugʻat” bo‘limi alohida e’tiborga loyiq. Ushbu bo‘limda yuridik atamalar va tushunchalar bolalar uchun tushunarli, sodda tilda изоҳлаб berilgan. Bunda yosh foydalanuvchilarning hayotidan misollar keltirish orqali so‘zlarning ta’rifi boyitilgan. 

Texnik jihatdan sodda va qulay yechimga ega “Bola huquqlari” tez orada kichkintoylarning virtual olamdagi sevimli maskanlaridan biri bo‘lishi ehtimoli katta. Hozirda sayt sinov tartibida ishlamoqda. Adliya vazirligi uni yanada takomillashtirish va boyitish ustida ish olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bola huquqlari

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar