Bola 3-4 yoshigacha rang ajratolmasa, bu kasallik alomatimi?
Salomatlik
−
06 dekabr 2020
4664Bolalarda rangni farqlash qobiliyati 2-3 oyligida rivojlanadi. U, eng avvalo, qizil rangni ajratadi. Ranglarni farqlash xususiyati 3-4 yoshigacha shakllanishi kerak. Agar bu jarayonda nuqsonlar bo‘lsa, turli ko‘z kasalliklaridan darak bo‘lishi mumkin. Bu haqda SSV Matubot xizmati bilan suhbatda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov aytib o‘tdi.
“Tibbiy ko‘rik orqali bolalarning ko‘rish a’zolari rivojlanish bosqichlarini muntazam kuzatib borish lozim”, dedi mutaxassis.
Azamat Yusupov bolaning ko‘zi tez-tez yoshlanishi holatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ko‘z huda-behuda yoshlanmaydi. Ayniqsa, bolalarda bu muammo bo‘lsa, tug‘ma ko‘z yoshi kanallarining yopilishi yoki torayib qolishi, shamollash alomati bo‘lishi mumkin”, dedi tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupov.
Uning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda vaqtni boy bermay, bolani okulist-shifokor ko‘rigidan o‘tkazish kerak.
LiveBarchasi