Bokschi Oybek Jo‘rayev kumush medal bilan cheklandi
Sport
−
14 may 2023
4152Boks bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 54 kg. vazn toifasida ringga tushgan Oybek Jo‘rayev qozog‘istonlik raqibi Mahmud Sabirxanga yutqazdi va chempionlik imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.
Birinchi raundning dastlabki yarmida o‘zbekistonlik boks ustasi garchi zarbalar soni bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsada, raundning ikkinchi yarmidan boshlab ustunlik Sabirxan tomoniga o‘tib ketdi.
Uchinchi bo‘lim esa barchasini hal qilib qo‘ydi. Qozog‘istonlik Mahmud Sabirxan Oybek Jo‘rayevni ikki marta nokdaun holatiga tushirib, o‘z hisobiga g‘alabani belgilab qo‘ya oldi. Barchasi aniq bo‘lgach, hakamlar bir ovozdan Mahmud Sabirxanning g‘alabasini e’tirof etishdi. Hisob — 5:0.
Shunday qilib, Oybek Jo‘rayev JCHda 2-o‘rin bilan kumush medalga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rayev yarim finalda rossiyalik Dmitriy Dvaliga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida, unga qadar serbiyalik Tamir Galanov, albaniyalik Ariol Zeneli va ispaniyalik Gabriel Eskobarni mag‘lub etgandi va birinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqqan edi.
LiveBarchasi