Boks: O‘zbekiston Osiyo chempionati reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 31 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Musobaqada jami 12 ta mamlakatdan kelgan sportchilar bellashdilar. 

Boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida tashkil etilgan qit’a chempionatida jami 20ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Eng ko‘p medal O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga nasib etdi, safarga otlangan 20 nafar bokschidan 18 nafari uyga medal bilan qaytmoqda.

Chempionatda o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, erkaklar terma jamoasi Osiyoda 1- o‘rinni egalladi. Lekin umumiy hisobdagi reytingda 2- o‘rin qayd etildi. Oltin medallar soni bo‘yicha Qozog‘iston O‘zbekistondan o‘zib ketdi. Ular jami 8 ta oltin medalga egalik qildi. E’tiborlisi, Qozog‘iston terma jamoasi oltin medallarning barchasiga ayollar o‘rtasidagi bahslarda sazovor bo‘ldi.

Osiyo chempionati natijalari: 

1.  Qozog‘iston: 8 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza,
2.  O‘zbekiston: 7 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza,
3.  Mo‘g‘uliston: 3 ta oltin, 5 ta bronza,
4.  Hindiston: 2 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza,
5.  Eron: 2 ta kumush, 2 ta bronza,
6.  Indoneziya: 1 ta kumush,
7.  Qirg‘iziston: 4 ta bronza,
8.  Filippin: 4 ta bronza,
9.  Tojikiston: 4 ta bronza,
10.  Kuvayt: 2 ta bronza,
11.  Shri-Lanka: 1 ta bronza,
12.  BAA: 1 ta bronza.

Osiyo chempionatida medalga egalik qilgan o‘zbekistonlik bokschilar:

Oltin medal:
Nodirjon Mirzahmedov
Shahobiddin Zoirov
Bobo-Usmon Baturov
Saidjamshid Ja’farov
Dilshod Ro‘zmetov
Bahodir Jalolov
Sitora Turdibekova

Kumush medal:
Mirazizbek Mirzaxalilov
Gulasal Sultonaliyeva
Sitora Shogdarova
Navbahor Hamidova
Mavluda Mavlonova
Sohiba Ro‘zmetova

Bronza medali:
Abdumalik Xalakov
Elnur Abduraimov
Sanjar Tursunov
Mohinabonu Abdullayeva
Mohira Abdullayeva

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing