Boks: O‘zbek bokschilari mag‘lubiyatlar seriyasini davom ettirmoqda
Sport
−
23 aprel 2019
7941Bugun, 23 aprel kuni Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining chorak final doirasidagi janglar o‘tkazildi. Osiyo chempionatida -75 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov qozog‘istonlik Tursunbay Qulahmetga qarshi ringga ko‘tarildi.
O‘zbek bokschisi raqibiga yutqazib qo‘ydi. Uchta raund davom etgan bahsda ochkolar bo‘yicha qozog‘istonlik bokschi g‘olib bo‘ldi va yarim finalga yo‘l oldi.