Boks. Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionati taqdiri nima bo‘ladi?

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, bugun, 25 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bellashuvlar vaqti ortga suriladi. 

“Hurmatli boks muxlislari! Elektr energiyasi tizimida yuzaga kelgan nosozlik sabab, 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kun bahslari vaqti o‘zgaradi. Qo‘shimcha ma’lumot O‘zbekiston boks federatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e’lon qilinadi”, deyiladi federatsiya xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi qizlar o‘rtasida 11, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 13 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati joriy yilning 30 yanvar kuniga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Boks

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing