Boks bo‘yicha JCH. O‘zbekistonlik yagona finalchi jangni raqibiga boy berdi
Sport
−
05 noyabr 2021
8490Bugun, 5 noyabr kuni -60 kg vazn toifasida Jahon chempionatining final bahsiga kirishgan Abdumalik Xalakov fransiyalik raqibi Sofian Oumiaga jangni boy berdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatidan oltinsiz uyga qaytadigan bo‘ldi. Abdumalik Xalakov esa kumush bilan cheklandi.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatidan O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza bilan qaytgan edi. Bu safar esa delegatsiya atigi 1 ta kumush va 1 ta bronza yutishga muvaffaq bo‘ldi.
LiveBarchasi