Boks bo‘yicha Jahon chempionati. Ilk o‘zbekistonlik finalchi nomi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining final bahsiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, bugun, 4 noyabr kuni -60 kg vaznli bokschi Abdumalik Xalakov JCH yarim finalida eronlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Biroq, eronlik Daniyal Shaxbash jarohati jiddiy ekanligi sababli ringga ko‘tarilmaydigan bo‘ldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi avtomatik ravishda finalga yo‘l oldi. 

Yarim finalga Abdumalik Xalakovdan tashqari yana bir o‘zbekistonlik bokschi yetib kelgan. 92 kg vazn toifasida Madiyor Saidrahimov final yo‘llanmasi uchun kubalik 4 karra Jahon va 2 karra Olimpiada chempioni Xulio La Kruzga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, final janglari joriy yilning 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

792

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing