Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari tashkil etiladi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dastlab quyidagi hududlarda Turizm va sport vazirligi huzurida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi:

  • Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari);
  • Buxoro viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari);
  • Qashqadaryo viloyati (Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari);
  • Toshkent viloyati (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri). 

Boks maktablari faoliyati iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi.

O‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi.

Qaror bilan Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2025 yilgacha quyidaligilarni amalga oshirish belgilangan: 

  • sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini 27 minggacha yetkazish;
  • kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zallarini tashkil etish;
  • boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boks bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing