Boks. Bobousmon Boturov mag‘lub bo‘ldi

Sport

q2

Bugun, 14 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final janglari o‘tkazilmoqda.

71 kg vazn toifasida o‘tkazilgan Jahon chempionati sovrindori Bobousmon Boturov va Azizbek Tojiyev jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi. Hal qiluvchi bahsda Tojiyev tajribali raqibi ustidan g‘alaba qozondi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

67 kg vaznda esa andijonlik Javlonbek Yo‘ldoshev Toshkent viloyati vakili Jahongir Raxmonovni mag‘lubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan bahsda hakamlar Yo‘ldoshevning g‘alabasini qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, 63,5 kg toifasida Mujibillo Tursunov Ruslan Abdullayevga mag‘lub bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks O'zbekiston chempionati

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar