Boqiyev elektr masalasida Norboyevaning fikriga qo‘shilishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farhod Boqiyev, bolaligida “svet”siz dars qilib, qishloq sharoitida katta bo‘lganini aytdi. Uning fikricha, elektr bo‘yicha 5 yil oldingi holat bilan hozirgi holat orasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu haqda u joriy yilning 17 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining majlisida ma’lum qildi.

“Elektr-energiyasi bilan bog‘liq masala oxirgi o‘n kun ichida  fuqarolarning fikri va munosabatlari bilan trendga chiqdi. Senatda doim byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha qo‘mitaning faoliyati qat’iy pozitsiya bilan muhokama qilib borildi. Yalpi majlis oldidan energetika vazirligining axboroti eshitildi. Vazifalar to‘g‘risida ham batafsil fikrlar bildirildi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan “Svet” o‘chishi bundan besh yil oldingi tarix edi”, degan sitata haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ochig‘i  ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarimiz mazkur masalaga to‘laqonli e’tibor bera olmagan holda fikr bildirishdi. 18 oktyabr kuni “Media holl”da Senatimizning raisi tomonidan aytilgan fikrlarining ikkinchi qismi ya’ni to‘qqiz soniyali video-lavhaga ko‘proq e’tibor berilgani juda ko‘p masalalarni keltirib chiqardi", deydi Boqiyev.

Farhod Boqiyev o‘z nutqi davomida “Media holl”da Senat raisi tomonidan bildirilgan fikrga aniqlik kiritib o‘tdi va o‘zi ham qishloqda elektr energiyasisiz dars qilib, katta bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

“Bildirilgan fikrning birinchi qismida “Elektr-energiya, gaz bilan ta’minlash va yo‘llash masalalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Menimcha bugun “Svet” o‘chib, zulmatda o‘tiribmiz”, degan aholining o‘zi yo‘q hozir”, deyilgan edi. Bu boradagi fikrni yanada kengaytiradigan bo‘lsak, o‘zimiz ham qishloq joylaridan chiqib, bugungi kunda  ishlab kelmoqdamiz. 5 yil oldingi holat bilan hozirgi kunning orasida yer bilan osmoncha farq bor. O‘zimiz ham “svet”siz dars qilib katta bo‘lganmiz. Bugun bunday holat deyarli yo‘q-ku. Avariya bilan bog‘liq bir yoki ikki soat svet o‘chish holatlari bo‘lishi mumkin. Lekin, kuniga 5-6 hatto, 18 soatlab “svet” bo‘lmaslik holatlari  haqiqatan ham besh yil oldingi tarix. Buni elektr energiyasi vazirligi ham o‘zining brifingida e’lon qildi. 20 yil davomida elektr energiyaga ketkazilgan harakatlar darajasini ham aytib o‘tdi va oxirgi 5 yilda 11 foizga ko‘tarilish darajasi kuzatilganini ham ma’lum qilishdi”, deydi u.

Farhod Boqiyev so‘zi yakunida barcha savollarga javob olish uchun QALAMPIR.UZ jurnalistiga Senat nazorati ostida Energetika vazirligining matbuot anjumanini ham tashkil etishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi mamalkatda elektr ta’minoti bo‘yicha vaziyat haqida ma’lumot berib, bugungi kunda “svet” o‘chishi 10 daqiqadan 2 soatgacha davom etayotganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Norboyeva elektr masalasi Elektr-energiyasi

Baholaganlar

35

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar