Bog‘chalar ham yopiladimi? Vazirlik aniqlik kiritdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Maktabgacha ta’lim muassasalari joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, ya’ni qishki ta’tildan so‘ng odatiy rejimda faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“Bog‘chalar yopilmaydi, o‘z faoliyatini odatdagi rejimda davom ettiraveradi. Bog‘chalarda karantin qoidalariga rioya qilinadi. Agar bironta guruhda COVID-19 aniqlansa, o‘sha guruh karantinga olinadi, bog‘cha vaqtinchaga yopiladi”, dedi vazirlik Matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva.

Ta’kidlanishicha, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi. Bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim). 

Yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi. 

Xabarga ko‘ra, mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

457

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made