Bog‘chada bolani urgan mudiraning yuragi huruj qilgan. U ishdan olinadi

Jamiyat

image

Avvalroq Samarqandda prokuratura bog‘chada bolani urgan tarbiyachi ishi bo‘yicha tekshiruv boshlagani haqida xabar bergan edik. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, holat Bulung‘ur tumanidagi 13-MTTda sodir bo‘lgani aniqlandi. Voqea 18 yanvar, dushanba kuni Bulung‘ur tuman hokimligi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan joyida o‘rganilgan.

Ma’lum qilinishicha, tashkilot mudirasi Rohatoy Axrorova 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Sh.M. ning ruhiyatiga bosim o‘tkazib, qo‘llari va yuziga urgani aniqlangan. Ushbu video MTT psixologi N. Otaboyeva tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga tarqatgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni guruh tarbiyachisi Dilfuza Mahkamova soat 12:20 da ishga kelganini hamda voqea sodir bo‘lgan vaqtda ishda bo‘lmaganini  o‘z tushuntirish xatida ma’lum qilgan. Shuningdek, o‘rganishlar davomida tashkilot direktori Rohatoy Axrorovaning yuragi xuruj qilgani bois “Do‘stlik” tez tibbiy yordam brigadasining kunduzgi guruh vrachi va hamshirasi chaqirilgan.

Rohatoy Axrorova tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga olib ketilgani sababli ta’lim tashkiloti mudirasi vazifasini vaqtincha bajarish oliy ma’lumotli tarbiyachi Dilrabo Mardiyevaga uning roziligi asosida yuklatilgan.

Samarqand viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan Rohatoy Axrorovaga mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda “Mehnat shartnomasi”ni bekor qilish choralari ko‘rilishi belgilab olingan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xususan, Sh.M. ning qo‘llari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi xulosasi va ekspertiza javobi olinganidan so‘ng, yakuniy huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

612

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing