Bog‘, tok va issiqxona uchun kredit muddati 3 yildan 7 yilgacha uzaytiriladi – Prezident

Jamiyat

image

Joriy yil 1 martdan boshlab, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bog‘, tok va issiqxona uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davri esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xo‘jaligi sohasida joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Joriy yil 1 martdan boshlab, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bog‘, tok va issiqxona uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davri esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi. Bu – odamlarning istagi, o‘zgarishlar uchun imkoniyat”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, ekinlarni oqilona joylashtirish va ilm bilan yetishtirish orqali bu yil har bir gektardan olinadigan daromadni 5 ming dollarga yetkazish maqsadi belgilangan.

“Ekinlardan olinadigan daromadni keskin ko‘paytirish va suvdan oqilona foydalanish sohadagi eng ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”, deya ta’kidladi davlat rahbari.

Buning uchun ekinlarni har bir tumanning o‘ziga xosligi, mahallalarda tarixan shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, suv ta’minotidan kelib chiqib joylashtirish zarurligi qayd etilgan. Misol uchun, Mirzaobod tumanidagi ayrim maydonlarda paxta hosildorligi 12 sentnerni tashkil qilmoqda. Lekin, u yerdagi mahallalarning ixtisoslashuvi o‘rganilganda, anor yetishtirish imkoniyati va qayta ishlash korxonasi borligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing