Boeing 787 Dreamliner’i uchun katta buyurtma berildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi aviakompaniyalaridan bo‘lgan United Airlines kecha, 13 dekabr kuni eski samolyotlarni almashtirish maqsadida 100 ta Boeing 787 Dreamliner va 100 ta 737 MAX samolyotlariga buyurtma berishini e’lon qildi. Bu haqda “Amerika ovozi” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, United Airlines kompaniyasi 100 ta 737 MAX modelidagi samolyotni 2024–2026 yillar oralig‘ida, 56 ta MAX rusumidagi samolyotni esa 2027-2028 yillarda qabul qilib olishini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joizki, Boeing korporatsiyasi uchun taxminan 43 milliard dollarlik ushbu shartnoma o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Korporatsiya vakillari bu Dreamliner samolyotiga qilingan eng katta buyurtmaligini aytgan. Bundan tashqari, kompaniya bir-necha yil oldin bu rusumdagi samolyot modellari bilan muammolarga duch kelgan edi.

Shuningdek, United Airlines aviakompaniyasi 45 ta Airbus A350 rusumidagi samolyotlarga oldindan e’lon qilingan buyurtmasini “kamida” 2030 yilgacha kechiktirishini ham ma’lum qilgan. 2009-yilda qilingan buyurtmaning kengaytirilgan versiyasi bir necha kechikishlardan so‘ng, hozirda noaniq holatga kelib qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi rusumdagi samolyotlardan foydalanish global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga hissa qo‘shishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, bu samolyotlar eski rusumdagilariga qaraganda 25% kamroq karbonat angidrid chiqindilarini hosil qiladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing