Bodring asabni tinchlantiradi

Foydali

image

Bodring sabzavotlar ichida eng sersuvi hisoblanadi. Uning tarkibida suv miqdori 90 foizdan ortiq. Bodring tarkibida kraxmal, shakar, oqsil, kletchatka, organik kislotalar, efir moyi, A,V,S, RR, Ye, N darmondorilari va kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, yod, oltingugurt, qalay, mis, ftor, xrom, alyuminiy kabi moddalar mavjud.

Muhimi shundaki, bodiring tarkibidagi yod organizmga juda oson singadi. Shuningdek, bodring ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatini va so‘lak ajralishini me’yorlashtirib, oqsil moddasini yanada yaxshiroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun bodringning suvli bo‘lakchalari taomni nafaqat chiroyli va xushta’m qiladi, balki hazm qilish jarayonini ham yaxshilaydi.

Bodringdan tayyorlangan sharbat yo‘talda, bo‘g‘im kasalliklarida, yurak bilan bog‘liq shishlarda foyda beradi. Asab tizimini tinchlantiradi, mag‘zi esa ichni yengil yumshatadi, yuzlar rangi va tiniqligini saqlaydi, teri kuyishi hamda shishlar paydo bo‘lganda yordam beradi. 

Bodiring po‘stining quritib ezilganidan teri kasalliklari va toshmalarda foydalanish tavsiya etiladi. Bodringdan nafaqat iste’mol uchun, balki go‘zallikni va salomatlikni mustahkamlashda foydalaniladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing