Bochellining villasidan yarim mln yevrolik buyumlar o‘g‘irlab ketildi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli operachi Andrea Bochelli oilasining Toskanadagi villasidan yarim million yevrolik mulk o‘g‘irlandi. Jinoyatchilar naqd pul, zargarlik buyumlari va qimmatbaho buyumlarni to‘nab ketgan. Bu haqda “Il Tirreno” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ko‘chmas mulk ob’ekti taniqli Bochellining oilasiga tegishli. O‘g‘rilik sodir bo‘lgan vaqtda uy ichida hech kim bo‘lmagan, bundan tashqari, villa vaqtinchalik amerikalik sayyohlar oilasiga ijaraga berilgan bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikricha, jinoyatda professional o‘g‘rilardan iborat guruh ishtirok etgan. Ular o‘z “ishini” tez va maqsadli ravishda amalga oshirgan.

San’atkorning uyidan zargarlik buyumlari, qimmatbaho soatlar, brend sumkalar va naqd pullar o‘g‘irlangan – yetkazilgan zarar miqdori 500 ming yevroga baholanmoqda.

Qayd etilishicha, ob’ektda qo‘riqlash xizmati ulanmagan, signalizatsiya tizimi esa o‘chirilgan holatda bo‘lgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyaning Neapol shahrida qurollangan guruh bank filialini talon-toroj qilib, 25 kishini garovga olgandi va yerosti tunnellari orqali qochib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing