Bobojonovning buyrug‘i bilan uch tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
13852Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning tegishli buyrug‘i bilan tizimda rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Vazirning buyrug‘i bilan:
• Akbarjon Axunov Marhamat tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
• Ulug‘bek Abdurahmonov Nurota tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
• Doniyorxon Rahmonov Yozyovon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga (vazifasini bajaruvchi) etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, vazirning 14 apreldagi buyrug‘i bilan Toshkent viloyatining Parkent, Bekobod, Oqqo‘rg‘on va Chirchiq tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgargandi.
LiveBarchasi