Bo‘zatov FEST ishtirokchilari Qoraqalpog‘istonga yetib keldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan edi. Bugun, 7 iyun kuni erta tongdan Nukus temir yo‘l vokzalida hamda Nukus xalqaro aeroportida Bo‘zatov FEST’ning yakuniy bosqich ishtirokchilari, o‘z hududida tengsiz deb topilgan yosh iqtidor egalari hamda mehmonlari tantanali ravishda kutib olindi.

7-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan yoshlar festivalida bir-biridan qiziqarli, esda qolarli va takrorlanmas dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, bugungi kun tartibida Bo‘zatov tumanidagi Yoshlar markazida taniqli va yosh ijodkorlar bilan uchrashuv, she’riy to‘plam taqdimoti, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda Berdaq nomidagi Yoshlar bog‘ida qoraqalpoq taomlari festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek, ishtirokchilar Bo‘zatov tuman mahalla yoshlar o‘rtasida sportning futbol, kurash, basketbol, voleybol turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga guvoh bo‘lishadi.

Bo‘zatov amfiteatrida bu oqshom katta bayram – Bo‘zatov FEST’ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi. Yaqin kunlarda festivalning ilk g‘oliblari aniqlanadi.

Bo‘zatov FEST media shtabi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing