BMW X8 ning qanday bo‘lishini ochiqladi

Texnologiya

image

Germaniyaning BMW kompaniyasi X8 krossoverining yangi avlodini ishlab chiqaradi. Bu haqda "Autocar" nashri xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, X8 krossoverining yangi avlodi M prefiksini oladi. U brendning modellari orasidagi eng kuchli avtomobilga aylanishi kutilmoqda. 

Yangilik tashqi tomondan modellar qatorida bir qadam pastroq bo‘lgan X7 krossoverini takrorlaydi. 

Uning asosiy farqlari salonining hashamatida, kengaytirilgan uskunalari va ikkinchi qatorda alohida o‘rindiqlar bo‘lishida ko‘rinadi. 

Shuningdek, BMW X8 M kapoti ostida 4,4 litrli benzinli turbodvigatel va elektromotordan iborat gibrid moslama o‘rnatiladi. 

Qurilmaning umumiy quvvati 750 ot kuchiga teng bo‘ladi. 

Yangilik premerasi 2022 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Modelning narxi hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

BMW X8

Baholaganlar

489

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar