BMW ikki o‘smirning umriga zomin bo‘ldi
Olam
−
05 Sentabr 2019 5553 1 daqiqa
Kecha, 4 sentyabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida BMW haydovchisi o‘g‘il va qiz bolani avtomobilida urib yubordi, bolalar esa halok bo‘lgan, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Avtohalokat 4 sentyabr kuni kechqurun soat sakkizlarda Kovrovskiy tumani Melexovo qishlog‘idagi Pervomayskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli Kovrovskiyda yashovchi fuqaro VMW 320 rusumli avtomashinani haydab ketayotgan chog‘da ikki piyoda - 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz bilan to‘qnashgan.
Ularga og‘ir jarohatlar yetkazilgan: bolalardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi - tez yordam mashinasida.
Hozirda tergov harakatlari boshlangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr