BMTning qulashi qanchalik xavfli?

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakolati va qonuniyligini buzishga urinishlar xalqaro munosabatlar me’morchiligining qulashiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Xalq diplomatiyasining xalqaro forumi ishtirokchilariga “Volga bo‘yicha muloqot: XXI asrdagi tinchlik va o‘zaro tushunish” nomli videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Rossiya keng kelishuvlar asosida BMTni rivojlantirish bo‘yicha barcha sheriklar bilan ishlashga tayyor, ammo biz tashkilotning obro‘si va qonuniyligini buzishga urinishlarni o‘ta xavfli deb bilamiz. Bu xalqaro munosabatlarning butun me’morchiligining qulashiga olib kelishi mumkin. Agar xalqaro munosabatlar qulasa, faqat “kim kuchli” qoidasi ishlay bolshlaydi”, deydi Nebenzya.

Diplomatning ta’kidlashicha, o‘tgan o‘n yilliklarda, yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, BMT o‘zining asosiy vazifasi – tinchlikni himoya qilish, xalqlar va qit’alarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish va inson huquqlarini himoya qilish vazifalarini ado etdi. 

“Shunga qaramasdan so‘nggi paytlarda tashkilot, ayniqsa, BMT Xavfsizlik kengashi yetarli darajadagi samaradorlikning yo‘qligi va uning a’zolari o‘rtasida mavhum qarama-qarshilik mavjudligi bilan tanqid qilinayapti”, deya qo‘shimcha qildi Nebenzya.

Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, BMTda kelishmovchiliklar tashkilotning butun faoliyati davomida har doim mavjud bo‘lgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganida ham bu yerda hamfikrlik hukmron bo‘lishi bashorat qilinmagan. 

“Tashkilotning mohiyati ham aslida hamfikrlikni, murosani topish va ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, uning kuchi – turli nuqtai nazar va fikrlarni hisobga olishda “, deya ta’kidladi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing