BMTning Inson huquqlari qo‘mitasi Rossiyada erkinlik so‘roq ostida qolayotganidan xavotirda

Olam

image

Rossiyaning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktga rioya qilish haqidagi davriy hisobotini ko‘rib chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari qo‘mitasi Rossiya hukumatini odamlar hayotini, shu jumladan qurolli mojaro holatlarida himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. Qo‘mita a’zolari, shuningdek, Rossiya ichida muxolifat ta’qib qilinayotgani haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar. 

Rossiya hisobotini ko‘rib chiqish chog‘ida qo‘mita a’zolari Ukrainada davom etayotgan mojarodan o‘zlarining chuqur xavotirlarini bildirdilar, bu esa, hisobotga ko‘ra, ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi pakt qoidalarining ko‘plab boshqa buzilishiga olib kelgan. Qo‘mita a’zolari Rossiyani bu xabarlarni tekshirishga, aybdorlarni jazolashga va jabrlanganlarga tovon puli to‘lashga chaqirdi. 

Qo‘mita, shuningdek, muxolifat siyosatchilari, jurnalistlar, huquqshunoslar va huquq himoyachilariga nisbatan ta’qib va zo‘ravonlik holatlari soni ortib borayotganidan chuqur xavotir bildirgan. Ular, shuningdek, Rossiya konstruktiv muloqotda ishtirok etishdan bosh tortganidan noroziliklarini bildirishdi va bunday munozaralarda ishtirok etish Pakt ijrosini davriy ko‘rib chiqishning muhim tarkibiy qismi ekanligini eslatishdi. 

Qolaversa, Qo‘mita Qirg‘iziston hukumati tomonidan huquq himoyachilari, advokatlar, siyosatchilar,  jurnalistlar va boshqalarga hokimiyatdan farqli fikrlar bildirgani uchun bosim o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlardan ham xavotirda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing