BMTning Din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov BMTning Din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Muzokara davomida, Ahmad Shahid "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" yangi qonunning qabul qilinishini mamnuniyat bilan qabul qilib, bu hujjat diniy erkinlikni ta’minlash uchun qonunchilik tizimiga ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kiritganini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Ahmad Shahid joriy yil sentyabr oyida O‘zbekistonga safar qilib, Nyu-York shahri universiteti huzuridagi Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks  universiteti huquqshunoslik maktabi yordamida texnik ko‘mak dasturini ishga tushirishga tayyor. 

Ma’lum bo‘lishicha, safar dasturida tegishli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminar hamda treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, BMT doirasida qo‘llanilayotgan inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan milliy monitoring va baholash tizimini ishlab chiqishda maslahat yordami ko‘rsatilishi ham nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, BMT maxsus ma’ruzachisi “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini o‘tkazish rejasini olqishlab, mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Ahmad Shahid “Buxoro deklaratsiya”si loyihasini ishlab chiqishda zarur maslahat yordami ko‘rsatishini, shuningdek, dekabr oyida ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yana bir bor safar qilishini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing