BMT O‘zbekiston orqali Tojikistonga gumanitar yordam yubordi
Olam
−
19 fevral 2022
4931BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi, Tojikistondagi Qochqinlar agentligiga Yevropa Ittifoqi va Yaponiya hukumati tomonidan O‘zbekistonning Termiz shahridagi Yuk tashish markazi orqali Tojikistonga yetib kelgan 20 tonna gumanitar yukni qabul qilib oldi. Bu haqda tojik nashrlari xabar qildi.
Bu yordam Tojikiston hukumatiga Afg‘onistondan qochqinlar kelishiga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashish bo‘yicha BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va donorlarning birgalikdagi sa’y-harakatlarining bir qismidir.
Gumanitar yuklarning birinchi partiyasi qochqinlar uchun 104 ta maxsus yig‘ma uy-joy modullari, shuningdek, matraslar, oshxona jihozlari, plastmassa plyonkalar va boshqa zarur narsalarni o‘z ichiga oladi.
Favqulodda vaziyatlarga tayyor turish va insonparvarlik yordami Yaponiya hukumatining 700 000 AQSH dollari miqdoridagi saxovatli hissasi hamda 500 000 yevro ajratgan Yevropa Ittifoqining insonparvarlik yordami va fuqarolik muhofazasi departamenti tufayli amalga oshirildi.
LiveBarchasi