BMT Ukrainada yaqin kelajakda urush tugamasligidan xavotirda
Olam
−
19 aprel 2022 5557 2 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina shaharlaridagi ko‘plab tinch aholining qurbon bo‘lishiga va vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan aviazarbalardan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda BMT Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, BMT rahbari “qamalda qolgan Mariupoldagi dahshatli gumanitar vaziyat”dan nihoyatda xavotirda ekanligini ham qo‘shimcha qilgan.
“Bosh kotib Rossiyaning tinimsiz hujumlari natijasida bir necha hafta ichida vayron bo‘lgan qamal qolgan Mariupoldagi dahshatli gumanitar vaziyatdan chuqur xavotirda”, deyiladi xabarda.
Guterrish gumanitar yo‘laklarning xavfsizligini ta’minlash, tinch aholini evakuatsiya qilish, gumanitar va tibbiy yordam yetkazilishini osonlashtirish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Bundan tashqari, BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits ham o‘z fikrini bildirgan. Unga ko‘ra, uzoq tinchlikka mazmunli muzokaralar orqali imkoniyat berilishi kerak.
“Ochig‘i, biz hali gumanitar sulh bo‘yicha kelishuvga erishganimiz yo‘q. Men bu masalani Rossiya tomoni bilan batafsil muhokama qildim va ular kelajakda men bilan bu takliflar tafsilotlarini muhokama qilishlariga va’da berishdi”, deydi BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.
Griffits BMT kafilligida Rossiya va Ukrainaga gumanitar masalalarni, ayniqsa ularning harbiy komponentini, gumanitar sulh, uning monitoringi va xavfsizlik yo‘laklari yoki gumanitar ustuvorliklarni muhokama qilish uchun virtual yoki real uchrashuv o‘tkazishga rozi bo‘lishni taklif qilgan.
"Ukraina BMT takliflarining aksariga rozi bo‘ldi va biz Rossiyadan ham shuni kutamiz", deydi Martin Griffits.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina gumanitar aloqa guruhini tuzishga rozi bo‘lgan.
BMT vakili yaqin kelajakda sulh bo‘yicha kelishuvga erishilmasligidan xavotirda. Uning fikricha, bu keyingi bir necha haftaning masalasi. Bu ikki omilga bog‘liq urush va muzokaralarning borishiga.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr