BMT Ukrainada halok bo‘lgan tinch aholi sonini e’lon qildi

Olam

image

24 fevraldan 26 dekabrgacha 6884 nafar tinch aholi (shundan 429 nafari bolalar) halok bo‘lgan. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlar orasida 2719 nafar erkak, 1832 nafar ayol, 175 nafar qiz, 216 nafar o‘g‘il bola borligi qayd etilgan. Shuningdek, halok bo‘lganlardan 38 nafar bola va 1904 nafar kattalarning  jinsi aniqlanmagan. 
Yaralanganlar orasida 2364 nafar erkak, 1709 nafar ayol, 229 nafar qiz, 318 nafar o‘g‘il bola mavjud. Yaralangan 253 nafar bola va 6074 nafar kattalarning jinsi ham noma’lum.

Donbassda – 4052 kishi halok bo‘lib, 5643 kishi yaralangan. Donbassning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida 3569 kishi halok bo‘lgan. 4010 kishi yaralangan. Rossiya armiyasi nazorati ostidagi hududlarda 483 kishi halok bo‘lib, 1633 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing