BMT pandemiyali yilda migrantlar soni qanchaga oshganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Dunyo bo‘ylab chet ellik mehnat muhojirlarining soni 169 millionga yetdi. Bu 2017 yilga nisbatan uch foizga ko‘p. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

2019 yildagi hisob-kitoblariga ko‘ra, chet ellik mehnat muhojirlari global ishchi kuchining qariyb besh foizini tashkil qilgan. Asosan, xorij muhojirlarining uchdan ikki qismi yuqori daromadli mamlakatlarda ishlaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, Yevropa va Markaziy Osiyoda 63,8 million, arab mamlakatlari va Osiyo- Tinch okeani mintaqasida 24 million, Afrikada 13,7 million, Amerikada esa 43,3 million mehnat muhojiri ishlamoqda.

Ularning 99 millionini erkaklar, 70 millionini ayollar tashkil qiladi. Shundan dunyo miqyosida yoshlarning ishchi kuchidagi ulushi 2017 yildagi 8,3 foizdan 2019 yilda 10 foizgacha oshdi. Bunday sakrash katta ehtimol bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar ishsizligining oshishi bilan bog‘liq.

Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining 66,2 foizi xizmat ko‘rsatish sohasida, 26,7 foizi sanoatda va 7,1 foizi qishloq xo‘jaligida ishlaydi. 

Iqtisodiyotning ushbu tarmoqlarida ayollar va erkaklar teng bo‘lmagan ish bilan band. Masalan, xizmat ko‘rsatish sohasida ayollar, sanoatda esa erkaklar ko‘proq.

Eslatib o‘tamiz, aholisi 34,5 milliondan ortiq bo‘lgan O‘zbekistonning rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1,6 millionga yaqin aholisi respublikadan tashqarida ishlaydi. Norasmiy muhojirlikka ketganlar esa bundan ancha ko‘p. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining katta qismi Rossiya Federasiyasida ish faolyatini olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing