Yangi pandemiya yaqinlashmoqda! Unga qarshi “vaksina” yo‘q – BMT

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaqinlashib kelayotgan qurg‘oqchilik muammosi yangi pandemiyani keltirib chiqarishi to‘g‘risida barchani ogohlantirdi. Shuningdek, bu muammoga yechim yo‘qligini qo‘shimcha qildi. Bu haqda tashkilotning “GAR Special Report on Drought 2021” hisobotida so‘z boradi.

Agar mamlakatlar global muammoni hal qilish uchun  shoshilinch choralar ko‘rmasa, bu qaltis vaziyatni keltirib chiqaradi, deb ta’kidlaydi BMT.

“Qurg‘oqchilik navbatdagi pandemiya bo‘lib kelmoqda va uni “davolash” uchun “vaksina” yo‘q. Ko‘pchilik qurg‘oqchilik faqat Afrikaning cho‘l mintaqalariga ta’sir qiladi, deb o‘ylaydi. Ammo, hozirgi kunda muammoning keng tarqalishi sababli asr oxiriga kelib deyarli barcha mamlakatlar buni boshdan kechiradi”, deydi BMT Bosh kotibning maxsus vakili Mami Mizutori.  

Shuningdek, aholi sonining o‘sishi ham ushbu jarayonga hissa qo‘shyapti. Talab ta’minotdan oshib ketmoqda. 5 ming yildan beri ko‘plab odamlar qurg‘oqchilik sharoitida yashab keladi. XXI asrda qurg‘oqchilikdan allaqachon kamida bir yarim milliard kishi jabr ko‘rgan va iqtisodiy zarar 124 milliard dollarni tashkil etadi. 

BMT hisobotida O‘zbekistonda eng uzoq qurg‘oqchilik 2000-2001, 2014-2015 va 2017-2018 yillarda sodir bo‘lgani qayd etilgan. Oqibatda, mamlakat hududining yarmidan ko‘p qismi cho‘llanish va qurg‘oqchilik ta’sirida qolgan. Ma’lumotga ko‘ra, qurg‘oqchilik paytida Sirdaryo oqimi 2-5 foizga, Amudaryoning oqimi esa  10-15 foizga kamaygan.

Avvalroq, Markaziy Osiyoning qator mamlakatlarida  qurg‘oqchilik kuzatilayotgani, buning oqibatida ekinlar va chorva mollari nobud bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

984

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing