BMT Oliy komissari Toshkentga keldi. U nimalarni rejalashtirgan? 

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni tongda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Tashrif davomida oliy komissarning Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Volker Turk Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar va Adliya vazirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Tashrifning ikkinchi kunida Volker Turk Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safar qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinboyev bilan uchrashadi. Shuningdek, u Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida bo‘lib, qator tadbirlarda ishtirok etadi.
 
Oliy komissar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashib, O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashishi ham tashrif rejasidan joy olgan.

Aytish joizki, Volker Turk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda 15 martga qadar bo‘ladi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Oliy komissari Volker Turk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar