BMT Myanmada namoyishchilarga o‘q uzilishini qoraladi
Olam
−
21 fevral 2021 3298 1 daqiqa
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antonio Guterrish Myanmadagi bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan tinch namoyishni bostirishni qoraladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Guterrish hokimiyatni fuqarolik hukumatiga qaytarishga chaqirgan.
“Tinch namoyishchilarga qarshi o‘lik olov, tahdid va zo‘ravonlikdan foydalanish qabul qilinishi mumkin emas. Har bir inson tinch yig‘ilish o‘tkaazish huquqiga ega”, deydi u.
Ma’lumot uchun, 14 fevraldagi namoyishlarda xavfsizlik kuchlari Michina shahrida namoyishchilarga qarata o‘t ochdi. Tarqatilgan videolarda kadrlarda odamlar vahima bilan tarqalib ketganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq, Myanma Qurolli kuchlari mamlakatdagi yuqori martabali amaldorlarni hibsga olgani va mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025