BMT xodimlarini o‘ldirgan 51 kishi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
31 yanvar 2022 9531 1 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida harbiy tribunal 2017 yilning mart oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ikki xodimini o‘ldirganlikda ayblangan 51 kishini o‘limga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ish yuzasidan jami 54 kishi sudlangan. Gumonlanuvchilardan biri 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, yana ikki nafari oqlangan.
2003 yildan beri Kongo Demokratik Respublikasida o‘lim jazosiga moratoriy kiritilgan, shuning uchun hukm qilinganlarning jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.
Ma’lumot uchun, BMTning ikki xodimi - AQSH va Shvetsiya fuqarosi 2017 yilning mart oyida Kongoning Kasai provinsiyasida bedarak yo‘qolgan. Ular mintaqadagi qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan odamlarning ommaviy qabrlari joylashgan joylarni o‘rganish uchun borgan. Mutaxassislarning jasadlari ikki haftadan keyin topilgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ular mahalliy jangarilar tomonidan o‘ldirib ketilgan. Qurolli shaxslar tashkilot xodimlarining yo‘lini to‘sgan va dalaga olib chiqib, qatl etgan. O‘sha yilning iyun oyida BMT Xavfsizlik Kengashi qotillik qasddan sodir etilgani va bunga mahalliy razvedka xodimlarining aloqasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Live
Barchasi