BMT Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistonda yangi hukumat tuzishga chaqirdi
Olam
−
17 avgust 2021
8866Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi Afg‘onistondagi jangovar harakatlarning barcha ko‘rinishini zudlik bilan to‘xtatishga va yangi hukumat tuzishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xavfsizlik Kengashi mamlakatda konstitutsiyaviy tuzumni tiklab, xavfsizlikni kafolatlash kerakligini ta’kidlagan.
Kengash BMT va uning gumanitar hamkorlariga muhtojlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishi uchun ta’minot yetkazish, shuningdek, gumanitar ishchilarning o‘zlari, shifokorlar va tarjimonlarni himoya qilish zarurligini bildirdi. XK xalqaro insonparvarlik huquqni buzganlarni javobgarlikka tortish kerakligini qayd etdi. Ayniqsa, mamlakatdagi barcha ayollar va chet elliklarning xavfsizligini ta’minlash zarurligiga ishora qildi.
Uchrashuv qatnashchilari Afg‘onistonda inson huquqlarining jiddiy buzilishidan xavotir bildirdi. Xavfsizlik Kengashi barcha tomonlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va standartlarga rioya qilishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Xavfsizlik Kengashi a’zolari Afg‘oniston hududi terrorchilar uchun platforma sifatida ishlatilmasligi kerakligini ta’kidladi.
LiveBarchasi