BMT global harbiy xarajatlar miqdorini ma’lum qildi

Olam

image

2020 yilda global harbiy xarajatlar qariyb 2 trillion dollarga yetdi. Bu haqda BMT bosh kotibining o‘rinbosari va qurolsizlanish masalalari bo‘yicha oliy vakili Izumi Nakamitsu tashkilot Bosh assambleyasining birinchi qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi.

“2020 yilda global harbiy xarajatlar qariyb 2 trillion dollarga yetdi”, deydi Nakamitsu.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yildagi jami harbiy xarajatlarning 62 foizi 5 ta davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan: AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya.

•  AQSH – 778 mlrd dollar;
•  XXR – 252 mlrd dollar;
•  Hindiston – 72,9 mlrd dollar;
•  Rossiya – 61,7 mlrd dollar;
•  Buyuk Britaniya – 59,2 mlrd dollar.

Xitoyning harbiy xarajatlari so‘nggi 26 yildan beri muttasil oshib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing