BMT falastinliklar uchun yordam so‘rab chiqdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) yaqin oylar davomida yuz minglab falastinlik qochqinlarga ta’lim va tibbiy xizmatlarni taqdim qilishni saqlab qolishi uchun zudlik bilan 120 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy ko‘makka muhtoj. Bu haqda “Al-Arabiyya”ga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda

“Moliyaviy ahvol tashkilot uchun haqiqiy o‘lim tahdididir va biz buni e’tiborsiz qoldirmasligimiz kerak, chunki moliyaviy muammolar tashkilotni xizmatlar ko‘rsatishni qisqartirishga majbur qilishi mumkin”, deydi agentlik rahbari Filipp Ladzarini.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 550 ming bolaning maktabga borishi, minglab odamlar uchun tibbiy yordam olish imkoniyati, 28 ming xodimning noyabr va dekabr oylarida maosh olish imkoniyati xavf ostida. Uning ta’kidlashicha, UNRWA agentligi o‘z faoliyatini noyabr va dekabr oylarida davom ettirishi so‘roq ostida.

Ma’lum iilinishicha, 2018 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp agentlikni moliyalashtirishdan bosh tortganidan keyin Qo‘shma Shtatlar yana UNRWAning asosiy donoriga aylangan bo‘lsa-da, COVID-19 pandemiyasidan keyingi iqtisodiy pasayish oqibatida boshqa mamlakatlardan tushgan daromadlar kamaygan. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, UNRWAning asosiy faoliyatini saqlab qolish uchun 3 yil davomida har yili 800 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish kerak.

Ma’lumot o‘rnida, UNRWA 1949 yilda tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi 1947-1949–yillardagi Arab-Isroil urushi oqibatida va undan keyingi to‘qnashuvlar yakunida o‘z uyidan ayrilgan, qochqinga aylangan falastinlik va ularning avlodlarini ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat hamda boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan narsalar bilan ta’minlashdan iborat. Hozirgi kunda UNRWAda 5,7 million falastinlik qochqinlar ro‘yxatga olingan. Biroq, agentlik maktablardagi 550 ming o‘quvchiga va tibbiy yordam sohasida 2,8 million nafaqa oluvchilarga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing